“Oʻzgidromet” 13-aprel, shanba kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi

    Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida bir oz yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 19-21 daraja boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.

    Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.