Hozirgi kirib kelishi kutilayotgan antitsiklon sohasi biroz sovuq soha boʼlib, oʼzi bilan haroratni pasaytiruvchi va osmonda bulutlar hosil qilish uchun yetarli nam havo oqimlarini ham ''ergashtirib'' keladi. 

Xususan, nam havo oqimlaridan 15-16 aprel kunlari shimoliy hududlar, 17-18 aprel kunlari markaziy va janubiy hududlar, 19 aprel kuni sharqiy viloyatlarda biroz va oʼrta miqdorda yogʼingarchiliklar kutiladi. Yogʼinlar chaqmoq-momaqadiroqli xususiyatga ega va ayrim hududlarda qisqa muddatli jala yogʼinlar kuzatilishi mumkin.

Joylarga havo oqimlari kirib kelishida kuchli shamollar kuzatiladi. 

Bir soʼz bilan aytganda, kelayotgan 5 kunlikda biz bahor mavsumi oxirlariga xos oʼzgaruvchan ob-havo hodisalariga guvoh boʼlamiz.