Faqat Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlariga nam havoning yangi qismi tarqala boshlaydi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining baʼzi joylarida yomgʻir yogʻishi mumkin.

30-avgustda respublika boʻyicha baʼzi joylarda, 31-avgustda kechasi va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda momaqaldiroq boʻladi.

31-avgustda kunduzi va 1-sentyabrda Oʻzbekistonning barcha hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +25...+30 daraja atrofida boʻladi.

29-avgustda shimolda, 30-31-avgust kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda 28-avgust va 29-avgust kunlari havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

30-avgustda, shuningdek, kechasi va ertalab 31-avgustda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.

31-avgustda kunduzi va 1 sentabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 28-avgustda +24...+26 daraja, 29-31-avgust va 1-sentyabrda +25...+30 daraja boʻladi.