Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayib, avtoyoʻlda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi ehtimoli xabar qilindi.

Shuningdek, joriy yil 21-28-fevral kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining sezilarli oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Boysun tumanlarida;

Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;

Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Boʻstonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” togʻlarida;

Namangan viloyati: Pop tumanida;

Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona tumanlarida qor koʻchish xavfi elon qilinadi.

Togʻli xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz.