Respublika boʻyicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang toʻzon kuzatiladi. Buxoro, Navoiy, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida shamol tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunning oʻrtasiga kelib, 24-29° ni tashkil etadi.

Toshkent viloyatida kechasi va ertaga ertalab, togʻ oldi va togʻli hududlarda kunning birinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Mamlakatimizning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 14-19° ni, kunduzi 24-29° ni tashkil etadi.

13-15-aprelda Oʻzbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan issiq havo kirib kelishi boshlanadi. Ushbu davrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Hafta oxiriga kelib, harorat meʼyoriy qiymatlardan 6-8° ga yuqor boʻladi va kechalari 14-19°, kunduz kunlari 30-35° atrofida boʻladi.