Oʻzbekiston aholisida qadimdan jazirama issiqda oʻzini tutish madaniyati shakllangan. Ammo yozning issiq kunlarida xatti-harakatlarning baʼzi asosiy qoidalari haqida eslatib oʻtildi.

Quyoshda uzoq vaqt qolmaslikka harakat qiling, ayniqsa, kunning oʻrtasida. Agar bu ilojisi boʻlmasa, tanani va boshni toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nurlaridan himoya qilishga harakat qiling.

Koʻp suyuqlik iching, muzlatgichdan muzli ichimliklar emas, balki iliq suv yoki eng yaxshisi koʻk choy iching.

Koʻproq meva, sabzavotlarni isteʼmol qiling. Juda achchiq va yogʻli ovqatlarni iteʼmol qilmaslikka harakat qiling. Sovutish moslamalari bilan jihozlanmagan doʻkonlardan mahsulotlarni xarid qilmang - ular quyoshda qancha vaqt boʻlganini bilmaysizku.

Konditsionerli xonada boʻlganingizda, toʻgʻridan-toʻgʻri sovuq havo oqimi tagida oʻtirmang va konditsionerni 18 darajadan past boʻlmagan haroratga “dasturlang”.

Yurak-qon tomir kasalliklari bor insonlar dori-darmonlarni qabul qilish boʻyicha shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.