Faqat respublikaning ayrim togʻli hududlarida biroz qor yogʻishi mumkin.
Kechalari sovuq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechalari 2-7 daraja sovuq atrofida boʻladi. Kunduz kunlari havo 2-5 daraja iliqgacha, janubda 7-9 daraja iliqgacha isiydi.
Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi.
Respublikaning togʻli hududlarida 9-10-fevral kunlari kuchli qor yogʻib oʻtdi. Qor qoplamining balandligi ikki kecha-kunduzda 60-70 sm ga oshdi va 150 sm ga yetdi, bu meʼyordan deyarli 2 barabor koʻp.
Yangi yogʻgan qor beqaror holatda, shuning uchun qor koʻchish xavfi juda yuqori. Togʻlarga borganingizda juda extiyot boʻling!