Dekabr oyining boshida ob-havoni belgilagan sovuq antitsiklon mamlakatimizni tark etdi. Nihoyat hududimizga iliq havo massalari kirib keldi, havo harorati keskin koʻtarildi, qor butunlay erib ketdi.

Bugun ushbu holat saqlanib turadi, Oʻzbekiston boʻyicha quyoshli va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Toshkent viloyatida baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kunduzi havo 9-14° iliqgacha, baʼzi joylarda 16-18° iliqgacha isiydi, bu oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan 4-5° yuqoridir.

Dam olish kunlari Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, ammo harorat foni biroz pasayadi.

Havo harorati kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqni, kunduzi shanba kuni 7-12 daraja iliqni, yakshanba kuni 5-10 daraja iliqni tashkil etadi va ushbu kunlarning meʼyoriy qiymatlariga yaqin boʻladi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.