Hafta davomida Oʻzbekiston boʻyicha ob-havoni yuqori siklon belgilaydi, buning natijasida respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi kutilmoqda, 3-4-aprel kunlari Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi kuchli boʻladi.
Kunduzgi havo harorati hafta davomida 20-23 darajadan 15-18 darajagacha oʻzgarib turadi.
Respublika boʻyicha yomgʻir yogʻishi baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar, shuningdek doʻl yogʻishi bilan kuzatiladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 3-6-aprel kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baland togʻ hududlarda 5-6-aprel kunlari yomgʻir qorga aylanishi mumkin.
3-4-aprelda togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
3-7-aprelda Toshkent viloyatining togʻli hududlarida 2000 m dan yuqorida qor koʻchishi xavfi bor.
Poytaxtimizda 4-apreldan 6-aprelgacha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi, doʻl yogʻishi mumkin. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda kuchsiz 5-10 m/s dan biroz 12-15 m/s gacha esadi. Bugun kunduzgi havo harorati 21-23 darajani tashkil etadi, hafta oʻrtasiga kelib 16-18 darajagacha pasayadi.