“Oʻzgidromet“ga koʻra, bugun Oʻzbekiston hududining katta qismida noyabr oyining boshi uchun deyarli iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 20-25 daraja iliq atrofida boʻladi. Faqat respublika shimolida havo harorati 8-13 daraja iliqqacha pasayadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.
Ertadan respublikaning barcha hududlari boʻyicha havo harorati asta–sekin pasayishi boshlanadi.
Kechalari sovuq boʻladi. Respublika hududining katta qismida 7-8-noyabr kunlari harorat kechalari 0-5 daraja iliqqacha, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, Ustyurtda 3-4 daraja sovuqqacha pasayadi. 5-6-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlari boʻyicha yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
7-8-noyabrda hududning katta qismida yomgʻir kuzatilmaydi. 7-noyabr kuni Surxondaryo viloyati va Fargʻona vodiysida, shuningdek, 7-8-noyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida asosan jadalligi biroz boʻlgan yomgʻir yogʻadi. Shimolda yomgʻir va hoʻl qor koʻrinishidagi aralash yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli bor.
Togʻlarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, baʼzi joylarda qorga aylanadi), 5-6-noyabrda baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 7-8-noyabr kunlari ayrim joylarga tuman tushadi.
Poytaxtimizda: bugun 4-noyabrda kechga tomon yomgʻir yogʻadi, 5-6-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 7-8-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 4-5-noyabrda 10-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati bugun kunduzi 23-25 daraja iliq, 5-noyabrda 15-17 daraja iliq, 6-noyabrda 10-12 daraja iliq, 7-8-noyabrda 7-10 daraja iliq boʻladi. 5-6-noyabrda kechalari 10-12 daraja iliq, 7-noyabrda 4-6 daraja iliq, 8-noyabrda0-3 daraja iliq boʻladi.