O'zgidromet kuchli shamol va chang-to'zondan ogohlantiradi

    O'zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan tarqatilgan shoshilinch ma'lumotnomada qayd etilishicha, joriy yil 18-20 avgust kunlari O'zbekiston hududiga Ural hududlaridan salqin havo kirib keladi.

    18-20 avgustda respublika bo'yicha ba'zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar kuzatilishi kutilmoqda, jumladan:

    18 avgustda Buxoro, Navoiy viloyatlarida;

    19-20 avgustda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Farg'ona, Namangan viloyatlarida shamol kuchayishi 24-27 m/s ga etishi mumkin.

    19-20 avgust kunlari kunduzgi havo harorati 27-32° gacha pasayadi.