“Oʻzgidromet” tezkor gidrometeorologik axborot bilan chiqdi

    Mamlakatimizda 31 Yanvar 2023 1855

    “Oʻzgidromet” 1-3-fevral kunlari kutilayotgan kuchli shamol va sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishidan ogohlantirdi.

    Joriy yilning 31-yanvar va 1-2-fevral kunlari Oʻzbekiston hududiga Oʻrta yer dengizi hududlaridan nam va nisbatan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

    31 yanvar va 1-2-fevralda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

    1-2 fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    31 yanvar va 1-2-fevralda respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik, asosan yomgʻir koʻrinishida boʻladi, shuningdek, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2-fevral kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻladi.

    Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuchli boʻladi.

    Shuningdek, 1-3-fevral kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida, jumladan:

    Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;

    Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlarida;

    Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

    Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

    Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

    Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

    Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

    Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;

    Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraldi.