Oʻzgidromet tezkor gidrometeorologik axborot eʼlon qildi

    Joriy yilning 8-10-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi.

    Bu haqda Oʻzgidromet maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, 8-9-dekabrda Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.

    Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 8-10-dekabrda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.

    9-10-dekabrda shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha, ayrim joylarda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayadi.

    10-dekabrga kelib, markaziy hududlarda harorat asta-sekin, kechalari 2-5 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 3-6 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 7-10 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqgacha pasayishi kutilmoqda.