18-19-noyabrda respublika boʻyicha yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 18-noyabrda Buxoro, Navoiy viloyatlarining baʼzi joylarida biroz qor yogʻishi mumkin. 19-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi.

18-19-noyabrda respublikaning togʻ hududlarida qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Respublikaning baʼzi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

18-20-noyabrda barcha joylarda harorat kechalari 8-13° sovuqgacha, shimolda 10-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5° sovuqgacha pasayishi kutilmoqda. Oʻrtacha kecha-kunduzlik havo harorati meʼyordan 10-15° ga kam boʻlishi kutilmoqda.