17-sentyabr kuni havo yogʻingarchiliksiz boʻladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Fargʻona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.
18-sentyabr kuni mamlakat boʻylab yogʻingarchilik kutilmaydi.
19-sentyabr kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
20-sentyabr kuni Oʻzbekistonning barcha hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kunduzi +25…+30 daraja, ayrim joylarda 32 darajagacha, kechasi +12…+17 daraja issiq boʻladi.
16-sentyabr kuni shimoliy va choʻl zonasida shamol baʼzi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Togʻoldi va togʻli hududlarda 16−17-sentyabr va 19−20-sentyabrda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanishi ehtimoli bor.
Poytaxtda 17-sentyabr kuni kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. 18−20-sentyabr kunlari havo yogʻingarchiliksiz boʻladi, faqat 19-sentyabrda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Havo harorati kechasi +14…+17 daraja, kunduzi +26…+29 daraja issiq boʻladi.