19-iyunda shimoliy hududlarga, 20-iyunda respublikaning barcha hududlariga Kavkazdan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.
18-iyunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 19-20-iyunda Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha shamol tezligi baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.
18-20-iyunda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. 19-20-iyunda baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi, ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin.
19-iyunda shimoliy hududlar, 20-iyunda respublikaning barcha hududlari boʻyicha havo harorati 4-6 darajaga pasayadi.
Shuningdek, joriy yilning 18-21-iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
- Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.