Xususan, Angren shahar Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aksiya doirasida dastlab fuqarolarga joriy yilning 24-oktyabr sanasida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol fuqarolik pozitsiyasi bilan ishtirok etish targʻibot qilindi. Saylov va uning qonunchiligi toʻgʻrisida fuqarolarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Boʻka tumanida tashkil etilgan sayyor qabulda Davlat xizmatlari agentligining viloyat boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etib, aholi va tadbirkorlarning murojaatlari atroflicha oʻrganib chiqildi. Ijrosini taʼminlash yuzasidan tegishli mutasaddi idoralarga yoʻnaltirildi.

— “Bekobod shahar dehqon bozori” MCHJda tashkil etilgan “Oʻzimiz keldik” aksiyasida shahar Davlat xizmatlari markazi va FHDYO boʻlimi xodimlari tomonidan koʻrsatilgan sayyor davlat xizmatlaridan fuqarolar unumli foydalanmoqda, — deydi shahar Davlat xizmatlari markazi direktori Ubaydulla Mirzayev. — Unda 20 nafarga yaqin aholi vakiliga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlsa, 200 nafarga yaqin fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi. Aholiga bunday tartibda xizmat koʻrsatishdan juda mamnunmiz. Bu loyihani kelgusida ham davom ettiramiz.

Boʻstonliq tuman Davlat xizmatlari markazi va FHDYO boʻlimi xodimlari “Boʻstonliq tuman dehqon bozori” hududida sayyor xizmat koʻrsatdi. Tadbir davomida 2 nafar tadbirkorlarga 20 kVtdan past boʻlgan elektr tarmoqlariga ulanish boʻyicha, 4 nafariga suv hisoblagichlarni qiyoslovdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlari koʻrsatildi. Shu kuni 9 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlsa, 120 nafar fuqaroga davlat xizmatlari va saylovga oid savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Bekobod tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Guliston” mahalla fuqarolar yigʻinida 10 dan ortiq fuqaroga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

“Oʻzimiz keldik” loyihasi doirasida 17-oktyabr kuni tashkil etilgan tadbirda 104 ta sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilib, 1880 nafar fuqaroga bepul huquqiy maslahatlar berildi.

DXA Toshkent viloyat boshqarmasi

matbuot xizmati