Muzokaralarni imzolash jarayonida Milliy palata va farmatsevtika institutining kadrlar tayyorlash sohasida juda katta hamkorlik imkoniyatlari mavjud ekanligi taʼkidlandi.
Milliy palata farmatsevtika sohasida ham loyihalarni rivojlantirish imkoniyatlari haqida kelishuvni bir qator chet mamlakatlari sogʻliqni saqlash tizimlarining yetakchi muassasalari bilan tanishish jarayonida qoʻlga kiritgan.
Pandemiya davrida Milliy palata tomonidan, Buyuk Britaniya, Kanada, Rossiya, Belarus, Germaniya, Koreya, Italiya kabi mamlakatlari yetakchi mutaxassislari bilan 15-martadan ziyod onlayn konferensiyalar va muhokamalar oʻtkazilgan.
Hamkor tashkilotlar rahbarlari farmatsevtlarning klinik protokollar tayyorlashda ishtirok etishi muhimligini ham muhokama etdilar. Ularni ishlab chiqarish va joriy etish Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasining vazifalaridan biri sanaladi.
Tomonlar standartlarni takomillashtirish va joriy etish, dori vositalarini va xalqaro sifat standartlarini standartlashtirishdagi ilmiy tadqiqot borasida ham hamkorlik qilishni maqsad qilgan. Bunga hamkorlik grantlari va loyihalari, kadrlar tayyorlash va oʻzaro ikki tomon manfaatini nazarda tutuvchi sogʻliqni saqlashning boshqa dolzarb masalalari ham kiradi.
Hamkorlik haqidagi Memorandumni imzolash jarayonida tomonlar qisqa muddatda yaqin kelajakda amalga oshirilishi kerak boʻlgan birgalikdagi loyihalar, hamda kelajakda hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlashni oʻz ichiga oluvchi “yoʻl xaritasini” ishlab chiqishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmati.