Oʻzini 8-qavatdan tashlamoqchi boʻlgan ayolni ichki ishlar xodimi qutqarib qoldi

    Tashvishli xabar 3 May 2021 1157

    Buxoro shahrida qurilishi tugallanmagan binoning 8-qavatidan oʻzini pastga tashlab joniga qasd qilmoqchi boʻlgan 51 yoshli ayolning hayoti profilaktika inspektorining tezkor saʼy harakatlari tufayli saqlab qolindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot ximati maʼlum qildi.

    Shu yilning 3-may kuni taxminan soat 10:00 larda Buxoro shahar F.Xoʻjayev mahallasida yashovchi, 51 yoshli ayol turli ichki kechinmalar taʼsirida Buxoro shahar Ibrohim Moʻminov koʻchasida joylashgan qurilishi tugallanmagan binonining 8-qavatidan oʻzini pastga tashlamoqchi boʻlgan.

    Voqea joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-son Ichki ishlar boʻlimi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi profilaktika katta inspektori katta leytenant Mirzayev Izzat Choriyevich u bilan tushuntirish-muzokara ishlarini olib boradi. Profilaktika inspektorining oʻz vaqtida koʻrgan chora-tadbirlari natijasida ayol hayoti qutqarib qolindi.

    Hozirda ushbu ayolga Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha boʻlim hamda psixologlar guruhi psixolog xodimlari, boshqa mutasaddi idoralar masʼullari tomonidan tibbiy-psixologik yordam koʻrsatilib, voqea sabablari oʻrganilmoqda, deyiladi xabarda.