Samarqandda oʻzini balandlikdan tashlamoqchi boʻlgan ayol qutqarib qolindi. Bu haqda Viloyat IIB xabar berdi.
Maʼlumotga koʻra, bugun soat 16:00lar atrofida Samarqand shahrining Siyob kanali koʻprigida 1998-yilda tugʻilgan, 4 nafar farzandning onasi oʻzini pastga tashlamoqchi boʻlgan.
Hodisaga rashk sabab boʻlgani aytilmoqda.
IIB xodimlari tomonidan ayol bilan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlaridan soʻng u niyatidan qaytgan va patrul-post xizmati hamda FVB xodimlari tomonidan qutqarib olingan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.