Fargʻona shahrida firibgarlik yoʻli bilan tilanchilik qilayotgan yigitlar aniqlanib, jazoga tortildi.
Maʼlum qilinishicha, asli buxorolik boʻlgan ikki yigit sogʻlom boʻlsada, dorixonadan nogironlik aravachasi xarid qilishgan. Ulardan biri aravachada, ikkinchisi unga hamrohlik qilib jamoat joylarida navbati bilan tilanchilik qilishgan.
Holat hududda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlarining eʼtiborini tortgan va ularga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudi yigitlarning har biriga MJtKning 188-3 moddasi (tilanchilik qilish) 1-qismi bilan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlagan.