O‘zini osgan qiz yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

    Xavfsizlik 2 Iyul 2020 2041

    Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning Koson tumanida 18 yoshli M.Jo'raeva o'z joniga qasd qilganligi haqidagi xabarlar tarqalganligi yuzasidan bayonot

    2020-yil 9-may kuni Koson tumani, I.Karimov koʻchasida joylashgan uyda ijarada yashab kelgan M.Joʻrayeva (2002-y.t.) oʻzini osib, vafot etgan.

    Tekshirish davomida, marhuma M.Joʻrayevaning turmush oʻrtogʻi bilan oʻrtalarida doimiy ravishda urish-janjal boʻlib kelganligi, turmush oʻrtogʻi uni haqorat qilib urib tan jarohati yetkazib, shaʼni va qadr-qimmatini kamsitib kelganligi aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan 08.06.2020-yilda Koson tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (Oʻzini oʻzi oʻldirishga undash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Tergov harakatlari olib borilmoqda.