Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Yangi Oʻzbekistonning milliy gʻoyasi – Uchinchi Renessans gʻoyasini oʻzida mujassam etgan millatimizning asrlar osha bosib oʻtgan murakkab tarixiy yoʻli, buyuk ajdodlarimiz faoliyatini aks  ettiruvchi jadid bobolarimizning boy merosini targʻib qilishda yangi platforma vazifasini bajarishni maqsad qilgan. 

Yangi nom bilan qayta tashkil etilgan Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyaning oʻz nizomida belgilangan faoliyat turini namoyon etuvchi yangi logotipi tasdiqlandi. 

Yangi logotip minimalizm uslubida ishlangan boʻlib, qadimdan ajdodlarimizga meros boʻlgan milliy “quroq” namunasida ifodalangan. Buning ramziy maʼnosi bor. Tasvir turli rang va shakldagi matolarni birlashtirish orqali yaxlit amaliy sanʼat namunasini yuzaga keltiradigan tarixiy va zamonaviy anʼanalarimiz uygʻunligidagi bir jamiyat, bir maqsad atrofida milliy media aʼzolarini birlashtiruvchi maʼnoga ega. 

Logotipdagi turli ranglarda aks ettirilgan toʻrtburchak shakllar raqamli dunyoning muhim elementi piksellarni  anglatadi. 

 

Qayd etish kerak, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi bugungi kunda respublikadagi 21 ta nodavlat telekanal, 19 ta radiokanal, shuningdek, Oʻzbekiston kabel televideniyesiga aʼzo xorijiy kanallarni oʻz ichiga oladi.