O'zbek va tojik xalqini umumiy tarix, madaniyat va ma'naviy qadriyatlar, o'zaro hurmat hamda yaxshi qo'shnichilikning ko'p asrlik an'analari birlashtirib turadi. Bu yaqinlik O'zbekiston bilan Tojikiston o'rtasidagi munosabatlar uchun mustahkam zamin, asosiy tamoyil bo'lib xizmat qilmoqda.
Davlatimiz rahbarining Tojikiston Respublikasiga tashrifi ikki mamlakat xalqlarini yanada jipslashtirmoqda.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ikki millatining o'zaro do'stlik, hamjihatlik rishtalarini kuyga soldi. O'zbekiston hamda Tojikiston san'at ustalarining kontsert dasturida "O'zbegim tojik bilan" taronasi tojikistonliklar tomonidan ham katta olqishlar bilan qarshi olindi.









