Ozodbek Nazarbekovning otasi vafot etdi

    Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning otasi Ahmad Nazarbekov vafot etdi.

    Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

    Maʼlum boʻlishicha, Ahmad Nazarbekov bugun, 14-may kuni ogʻir xastalikdan soʻng vafot etgan.

    Janoza namozi Andijon viloyati Shahrixon tumanida oʻqiladi.

    “Yangi Oʻzbekiston” — “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati marhumning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi.