Har 2 yilda o'tkaziladigan «Al Burda» festivali hozirgi zamon islom san'ati va madaniyatiga bag'ishlanadi hamda mazkur sohada hamkorlik qilish, fikr almashish, g'oyalarni birgalikda amalga oshirish maqsadidagi ijodiy rahbarlar, olimlar, rassomlar uchun muloqot maydoni vazifasini bajaradi.

 «Dixit Algorizmi»  ko'rgazmasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk o'zbek olimi va matematigi Muhammad Ibn Muso Al-Xorazmiyning 820 yilda yozilgan «Kitab al-Jabr va al-muqabala» nomli kitobida batafsil bayon qilingan tadqiqotlariga bag'ishlanadi. Olimning fundamental asarlaridan iborat ko'rgazma ekspozitsiyasi bugungi texnologik taraqqiyotga, zamonaviy madaniyat va innovatsiyalarga qanday ta'sir ko'rsatgani haqida ma'lumot olish imkonini beradi. Ko'rgazma rahbari - Jozef Grima. SHeyda Gomashi va Kamilo Oliveira hammualliflar hisoblanadi.

«Dixit Algorizmi»  ko'rgazmasi «Art Agenda», «Monocle Magazine», «The National Newspaper Dubai», «The Art newspaper»  va boshqa xalqaro ommaviy axborot vositalari diqqat markazida bo'ldi.

Jahon hamjamiyatining katta qiziqishi tufayli ko'rgazma turli xalqaro maydonlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan va bunday namoyishlardan birinchisi «Al Burda» festivali doirasidan o'rin oldi.

eslatib o'tamiz, «Dixit Algorizmi»  ko'rgazmasi birinchi marta  joriy yil 5 oktyabr` kuni Toshkent shahridagi Zamonaviy san'at markazida  namoyish etilgan edi.