O‘zRVB aʼzolari qatoriga 4 ta brokerlik kompaniyasi qo‘shildi

    Moliya 2 Fevral 2024 992

    “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ (O‘zRVB) 4 ta yangi brokerlik kompaniyasini “V” toifasi bo‘yicha birja aʼzosi sifatida qabul qildi:

    • “Leader Finance Capital”;
    • “Premium Finance”;
    • “Satori Capital”;
    • “Toshkent Investitsiya Majmui”.

    “V” toifasi O‘zRVB aʼzolariga birja savdolarida ishtirok etish va davlat qimmatli qog‘ozlari (DQQ) bozorida operatsiyalarni amalga oshirish, shu jumladan REPO bo‘yicha bitimlarni tuzish imkonini beradi.

    Yangi aʼzolarni hisobga olgan holda, O‘zRVB savdo ishtirokchilarining umumiy soni 42 taga yetdi.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zRVB aʼzoligi uchun to‘lov talab etilmaydi.

    O‘zRVB aʼzoligi tufayli mamlakatimizning fond bozori brokerlari DQQ bozoridagi ishtirokini kengaytirish va birja mahsulotlarining keng assortimenti taqdim etilgan bozorda likvidlikni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

    Yangi aʼzolarning qabul qilinishi brokerlar orasida O‘zRVB tobora ommalashib borayotganidan dalolat beradi. Bunga bir qator omillar, jumladan savdoning shaffofligi va samaradorligi, birjaning rivojlangan infratuzilmasi va birja savdolarida ishtirok etish uchun qulay shart-sharoitlar yordam beradi.