Sement ishlab chiqarish hajmi 9,7 mln tonnani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 118 foizga o‘sgan, qurilish oynasi 15,9 mln kvadrat metr (124,4 foiz), keramik plitka 7,6 mln kvadrat metr (112,3 foiz), gipsokarton 28,5 mln kvadrat metr (100 foiz)ni tashkil etgan.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2020 yil yakuni bilan 7,1 trln so‘mga (114,4 foiz) yetkaziladi.

Jumladan, ishlab chiqarish hajmlari sement bo‘yicha 14,5 mln tonnaga, qurilish oynasi bo‘yicha 23 mln kvadrat metrga, keramik plitkalar 9 mln kvadrat metrga, gipsokarton bo‘yicha 38,5 mln kvadrat metrga yetkaziladi.

2020 yil yanvar-sentyabr oylarida mahalliylashtirish dasturi doirasida 497,2 mlrd so‘mlik mahsulotlar (110,6 foiz) ishlab chiqarilib, o‘tgan yilga nisbatan 119 foizga oshgan.

2020 yil yakuni bilan mahalliylashtirish dasturi doirasida 715,6 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi (o‘tgan yilga nisbatan 171 foiz).

2020 yil yanvar-sentyabr oylarida investitsiya dasturiga asosan 27 ta loyiha doirasida 228 mln dollarlik (103,6 foiz) mablag‘lar, shu jumladan, 150,7 mln dollar (100,5 foiz) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

2020 yil yakuni bilan Investitsiya dasturiga asosan 27 ta loyiha doirasida jami 357,9 mln dollar (IV chorakda – 129,9 mln dollar) investitsiyalar, shu jumladan, 257,4 mln dollar (106,7 mln dollar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi.

2020 yil yanvar-sentyabr oylarida eksport hajmi 202,7 mln dollarni (103,0 foiz) tashkil qilgan.

Jumladan, 18 mln dollarlik sement, 10 mln dollarlik keramik plitka, 9 mln dollarlik quruq qurilish qorishmasi, 8 mln dollarlik alyumin profillar, 6 mln dollardan ohak va gipsokarton, 3 mln dollarlik gulqog‘oz eksport qilingan.

Soha bo‘yicha joriy yil yakuni bilan eksport prognozi 200,0 mln. dollar belgilangan bo‘lib, uni 300,0 mln. dollargacha bajarish choralari ko‘riladi.