Qayd etilishicha, “O'zsuvta'minot” aktsiyadorlik jamiyati tizimida iste'molchilarning murojaatlariga tezkorlik bilan javob berish, ularning muammolariga ijobiy echim topish masalasiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvining markaziy apparat tarkibida hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hududiy suv ta'minoti mas'uliyati cheklangan jamiyatlarida Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo'yicha alohida bo'limlar faoliyat yuritadi.

 Joriy yilning boshidan bugungi kunga qadar umumiy kelib tushgan murojaatlar soni 70833 tani tashkil etmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining halq qabulxonasi va virtual qabulxonasidan aktsiyadorlik jamiyatiga jami 23 120 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 22 220 tasi o'rnatilgan tartibda ijobiy hal etilgan bo'lib, 845 tasi o'rganish jarayonida.

“Xotin-qizlarning muammolari bo'yicha 1211 ishonch telefoni” orqali 179 ta murojaat kelib tushgan.

Aktsiyadorlik jamiyatiga kelib tushgan murojaatlardan jami 20 573 tasi, ya'ni, 93 foizi qanoatlantirilgan bo'lib, shundan 14 046 tasi ijobiy hal etilgan. Murojaatlarning 92 foizi ichimlik suvi ta'minoti, shu jumladan, hisoblagichlarni o'rnatish va qiyoslashdan o'tkazish, suvning sifati, suv bosimi, markazlashgan suv tarmog'ini tortish, avariya holatlari bilan bog'liq bo'lsa, 5 foiziini oqova suv xizmatlari bilan bog'liq muammolarni tashkil etadi.  Murojaatlarning qolgan 3 foizida esa boshqa masalalar ko'tarilgan.

 Ta'kidlash joiz, to'g'ridan-to'g'ri aktsiyadorlik jamiyatiga kelib tushayotgan murojaatlarning 80 foizini hududiy suv ta'minoti korxonasiga murojaat qilgan holda o'sha hududning o'zida hal etish imkoniyati mavjud.

 “Xotin-qizlarning muammolari bo'yicha 1211 ishonch telefoni” orqali kelib tushgan 179 ta murojaatning 177 tasiga asosli javoblar berilgan, 2 tasi o'rganish jarayonida.