“Oʻztoʻqimachiliksanoat”: eksport hajmi 143,5 foizga oʻsdi

    Sanoat 15 Aprel 2021 1075

    “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi hamda tarmoq korxonalari tomonidan 2021-yilning dastlabki choragi yakuniga koʻra, 648,1 mln.dollarga teng toʻqimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi va respublika eksportidagi ulushi 29 foizni tashkil etdi.

    Ilk bora korxonalar tomonidan bir oylik mahsulot eksportida rekord natija qayd etildi – 240 million dollardan oshdi. Mahsulotlar jami 55 ta davlatga yoʻllangan.

    Uyushmasi matbuot xizmatining xabarida birinchi chorakda toʻqimachilik eksporti hajmi oʻtgan yilga nisbatan 143,5 foiz oʻsganligi qayd etiladi. Uch oyda 452 mln.dolliklik mahsulot yetkazib berilgan. Shundan, mart oyida amalga oshirilgan eksport hajmi 243,5 mln.dollarni tashkil etib, bu yanvar oyiga nisbatan 123,6 foizga, fevral oyiga nisbatan esa, 117,6 foizga oshganligini koʻrsatadi.

    Respublikada ishlab chiqarilgan jami toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari hajmining 56,1 foizi eksportga, qolgan qismi esa ichki bozorga yoʻllandi.

    Rauf NURULLAYEV