“Oʻztransgaz” AJ Boshqaruv raisining qurilish va transport boʻyicha oʻrinbosari oʻzgardi

    Sobirov Behzod Boxodir oʻgʻli — “Oʻztransgaz” AJ Boshqaruv raisining qurilish va transport boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

    Bu haqda “Oʻztransgaz“ AJ matbuot xizmati xabar berdi.

    Sobirov Behzod ushbu tayinlovga qadar Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi — “Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.