“O‘zyo‘lko‘prik” klasteri davlat muassasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali mansabdor shaxsi xizmat mavqeidan foydalangan holda, qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJga o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “Beruniy-To‘rtko‘l” A380-sonli magistral yo‘l qurilishi loyihasining 5 kilometrlik ish hajmini olib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini MChJ rahbaridan olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.