Pahlavonlarimiz jahon va Osiyo ochiq chempionatida ishtirok etadi

    Sport 19 Noyabr 2020 2856

    Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida sportning bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish turi boʻyicha yoshlar, kattalar va faxriylar oʻrtasida bir vaqtning oʻzida Osiyo ochiq chempionati hamda jahon chempionati bahslari boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etadi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq 2020-yil 19-24-noyabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida oʻtkaziladigan musobaqada vatanimiz sharafini milliy terma jamoa aʼzolari – Vohiddin Najmidinov, Yodgoroy Najimova, Javohir Qurbonov hamda Asadbek Oʻzgamovlar himoya qilishadi.

    Bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish boʻyicha yoshlar, kattalar va faxriylar oʻrtasidagi Osiyo ochiq chempionati hamda jahon chempionati musobaqalari Sankt-Peterburg shahridagi “ARENA NOVA” sport majmuasida boʻlib oʻtadi. Unda 300ga yaqin ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan.