Palermoda tuxumday-tuxumday do'l yog'di

    Italiyaning shimolida diametri 10 santimetrga teng doʻl yogʻdi.

    “RT na russkom” xabarida aytilishicha, doʻldan koʻproq Palermo shahri zarar koʻrgan. Mahalliy aholining gaplariga qaraganda, shahar koʻchalarida yoʻl-tarnsport hodisalari roʻy bergan. Shuningdek, doʻl ochiqda turgan avtomobilarga ham yaxshigina zarar yetkazgan.

    Xabarda jabrlanganlar haqida maʼlumot berilmagan.