Vashington va Panama o'rtasidagi yangi kelishuvga ko'ra, AQSh qo'shinlari Panama kanali bo'ylab bir qancha obyektlarda joylasha oladi. “Yuqori mansabdor shaxslar” tomonidan imzolangan hujjat tafsilotlari haqida 10-aprel, payshanba kuni AFP agentligi xabar berdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, kelishuv amerikalik harbiy xizmatchilarga harbiy tayyorgarlikdan o'tish, manyovrlar va boshqa bir qator tadbirlarni o'tkazish uchun Panama nazoratidagi ob'ektlarda joylashtirilishiga imkon beradi. Shu bilan birga, AQSh kanalda yangi harbiy obyektlar qura olmaydi.
Biroq, bunday shakldagi kelishuv ham Vashingtonga o'n yillar oldin Panama kanaliga egalik qilgan paytda AQSh tomonidan qurilgan oldingi harbiy bazalarda noma'lum miqdordagi harbiy xizmatchilarni joylashtirish huquqini beradi, deb ta'kidlaydi AFP. Agentlik buni AQSh Prezidenti Donald Trampga Vashingtonning dengiz yo'lidagi ta'sirini tiklashga qaratilgan katta imtiyoz deb atadi, deb xabar beradi dw.com.