Mulino ijtimoiy tarmoqlarda kanal atrofidagi vaziyat haqida o'z fikrini yozgan.
“Prezident Tramp yana yolg'on gapirmoqda. Panama kanali ustidan nazoratni qaytarib olish haqida gap yo'q va bu AQSh Davlat kotibi Marko Rubio yoki boshqa birov bilan hech qanday muzokaralarda muhokama qilinmagan”, dedi u.
Uning ta'kidlashicha, ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik o'zaro manfaatli masalalar bo'yicha kelishuvlar asosida rivojlanmoqda va bu kanalni AQShga qaytarish yoki Panamaning milliy suverenitetiga putur yetkazish bilan hech qanday aloqasi yo'q.
“Kanal Panamaga tegishli va Panamaniki bo'lib qoladi!” deb ishontirdi Prezident.
Avvalroq Tramp Kongressga murojaati chog'ida AQSh Panama kanali ustidan nazoratni tiklash bo'yicha choralar ko'ra boshlaganini aytgandi, deb xabar beradi report.az.