Qayd etilganidek, avvalroq JSST tomonidan koronavirus bo‘yicha eʼlon qilingan favqulodda holat 2023-yilda yakunlanishiga umid bildirilgandi. Ammo prognozlar o‘zini oqlamadi. 

Xitoyda keskin karantin cheklovlari olib tashlangach, kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari soni kutilmaganda keskin o‘sa boshladi. Xususan, 2022 yil dekabr oyi boshidan joriy yil yanvar oyi o‘rtalarigacha bu yerda COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 60 ming nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi. 

Tashkilot rahbari Tedros Gebreyesusning maʼlum qilishicha, bu dunyodagi epidemiologik vaziyatga o‘z taʼsirini ko‘rsatmoqda. Jumladan, so‘nggi sakkiz haftada jahon bo‘yicha koronavirus tufayli 170 ming kishi vafot etgan va ushbu raqamlar xavotirlanish uchun asosli.

“Hozir pandemiya eʼlon qilingan dastlabki davrlarga nisbatan yaxshiroq vaziyatdamiz. Ammo hali global xatar chekingani yo‘q, — deydi JSST rahbari. — Chunki dunyo aholisi yetarli darajada emlanmagan”.