Pandemiya paytida Tomskda migrantlarga talab oshmoqda

    Voqea-hodisalar 12 May 2020 1024

    Tomsk viloyatida 6 mingdan ortiq chet elliklar rasmiy ish bilan ta'minlangan, koronavirus pandemiyasi davrida mingga yaqin yangi mehnat shartnomalari tuzilgan. Bu hududda migrantlar orasida ishsizlik oshmaganini anglatadi.

    Viloyat rasmiylarining ma'lumotlariga ko'ra, Rossiya Federatsiyasining boshqa hududlariga nisbatan Tomskda migrantlarning ishsiz qolish muammosi va buning oqibatida turli noqonuniy xatti-harakatlarga moyilligining ortishi xavfi yo'q. Aksincha, chet ellik ishchilarga talab yuqori.

    Hududdagi mehnat migrantlari asosan o'rmon va qishloq xo'jaligi, qayta ishlash sanoati va qurilish sohalarida ish bilan band.

    Ta'kidlash joiz, 5 maydan patent asosida ishlovchi fuqarolar hujjatning amal qilish muddatini Rossiya Federatsiyasidan chiqmasdan bir necha bor uzaytirishi mumkin. Bundan tashqari, 15 martdan 15 iyungacha chet elliklar shaxsiy daromad solig'ini to'lashi shart emas va bu davrda patentning amal qilish muddati o'z kuchida qoladi.