Ishchi guruh tijorat banklari rahbarlari ishtirokida hududdagi kredit mablagʻlari ajratilishi kechikayotgan loyihalarni moliyalashtirish, aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kredit mablagʻlariga ehtiyoji boʻlgan tadbirkorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, bank xizmatlariga doir barcha masalalarni birma-bir koʻrib chiqdi.

Tadbirkorlar bilan muloqotlar va oʻrganishlar natijalariga asoslanib, kelgusida hududni yana-da rivojlantirish va vujudga kelishi mumkin boʻlgan xatarlarning oldini olish boʻyicha zaruriy amaliy choralar belgilab olindi.