Ushbu brifingda hokim o'rinbosarlari – Rustamjon Isaqov, Abdulxodi Iminovlar Prezidentimiz va hukumatimizning koronavirus infektsiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir chiqarilgan qarorlarining Namangan shahridagi ijrosi yuzasidan axborot berishdi.

Xususan, bugungi pandemiya sharoitida aholiga o'zini yakkalashning beqiyos ahamiyatini barcha OAVlar orqali aniq va jonli misollar bilan yoritish kerakligi ta'kidlandi. Brifingda shu masala alohida ta'kidlandiki, shaharda oziq-ovqat xavfsizligi mustahkam. Iqtisodiyot tarmoqlari barqaror. Mavjud 1456 xo'jalik sub'ektidan 1357 tasi barqaror ishlamoqda. 

Bo'lib o'tgan matbuot brifingda shahrimizda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2674,5 ming so'mni, xalq iste'mol mahsulotlari 1646,3 ming so'mni, chakana savdo aylanmasi 3872,4 ming so'mni, xizmatlar ko'rsatish 2951,3 ming so'mni tashkil etgani alohida qayd etildi. 

SHunday ekan, har bir oila, har bir fuqaro agar zarurat bo'lmasa faqat uyda qolishi darkor. Bu esa infektsiya zanjirini uzish va kelgusida uni tezroq engish imkonini beradi. Bu muhim chaqiriq o'tkazilgan tadbirning asosiy tub mohiyatini ochib berdi.

Namangan shahar hokimligi axborot xizmati.