Pandemiya tufayli “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat dasturining qaysi bandlari bajarilmay qolmoqda?

    Dolzarb 7 Iyul 2020 1483

    “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashabbusi bilan ushbu haftadan boshlab joriy yilgi “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat dasturi targʻibotiga bagʻishlangan media-kampaniyaga start berildi. 

    Kampaniya doirasida Davlat dasturining ijro etilishi boʻyicha turkum xalqaro onlayn tadbirlar hamda qizgʻin muhokamalarga boy boʻlgan oʻzaro axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish rejlashtirilgan. Oʻtkaziladigan tadbirlarda bu muhim dasturilamal hujjatning oʻziga xos jihatlari, mamlakatni har tomonlama taraqqiy ettirish, xalq farovonligini oshirishda tutgan oʻrni, yarim yillik ijrosi sarhisobi, pandemiya vaziyati tufayli bajarilmay qolgan bandlarni amalga oshirish choralari, yil oxiriga qadar belgilangan vazifalar muhokama qilinadi hamda ularni samarali amalga oshirish boʻyicha tegishli taklif-tavsiyalar ishlab chiqiladi.

    5 kun va 5 ustuvor yoʻnalishni qamrab olgan mazkur media-kampaniyani 2020-yilning 7-iyul kuni soat 15:00 da Harakatlar strategiyasining ikkinchi yoʻnalishi – Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yana-da isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan tashkil etiladigan xalqaro onlayn anjuman ochib beradi.

    Virtual muloqotda mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etadi. Barcha tadbirlar oʻzbek, rus va ingliz tillarida sinxron tarjima orqali olib boriladi. Siz ham events.strategy.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.