Al Arabiya News saytining maʼlum qilishicha, Qirollikning sogʻliqni saqlash organlari umumiy xavfsizlikni taʼminlash uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.
Oʻtgan yili Qirollik faqat mamlakatda istiqomat qiladigan va maʼlum mezonlarga javob beradigan cheklangan sonli fuqarolariga islomning beshta arkonidan biri boʻlgan haj ziyoratini amalga oshirishga ruxsat bergan edi.
Haj va umra vazirining soʻzlariga koʻra, ziyoratdan joy egallashga muvaffaq boʻlganlar inson aralashuvisiz, avtomatik tizim orqali tanlangan.
Ziyoratga boradiganlar guruhi Makkaga kelishdan 7 kun oldin uyda oʻzlarini yakkalashlari kerak boʻlgan. Shundan soʻng ziyoratchilar belgilangan mehmonxonada karantinda oʻtirishgan.
Niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash kabi xavfsizlik qoidalariga amal qilinishini taʼminlash maqsadida har 50 nafar hojilar guruhiga sogʻliqni saqlash xizmati rahbari hamrohlik qilgan.