Yer silkinishlari 21:46 da mamlakat shimoliy qirg'oqlari yaqinida boshlangan.
Zilzila haqida Yevropa-O'rtayer dengizi seysmologiya markazi ham xabar berdi. Zilzila o'chog'i aholisi 18,2 ming kishiga yaqin bo'lgan Vevak shahridan 52 kilometr sharqda joylashgan. Manba 29 kilometr chuqurlikda bo'lgan.
Oqibatlar, vayronagarchilik va qurbonlar haqida ma'lumotlar yo'q. Sunami xavfi e'lon qilinmagan, deb xabar beradi mir24.tv.









