Para dzyudo: dastlabki kuni 2 ta oltin va 1 ta kumush medal qoʼlga kiritildi

    Misrning Iskandariya shahrida boʼlib oʼtayotgan para dzyudo boʼyicha xalqaro Gran-pri turnirining dastlabki kunida 3 nafar hamyurtimiz shoxsupaga koʼtarildi. Bu haqda Milliy paralimpiya qoʼmitasi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, erkaklar oʼrtasida J2 klassida -60 kg vazn toifasining final bellashuvida ikki nafar hamyurtimiz – Sherzod Namozov hamda Kemran Nurilloev oʼzaro bahs olib bordi. Yakunda oltin medalь Nurilloevga nasib etdi, Namozov esa kumush medalga sazovor boʼldi.

    Shuningdek, ayollar oʼrtasida J2 klassida -57 kg vazn toifasida hamyurtimiz Kumush Xadjaeva finalda qozogʼistonlik Dayana Fedossovaga qarshi tatamiga chiqdi va gʼoliblikni qoʼlga kiritdi.

    Shu tariqa Misrdagi xalqaro Gran-prining ilk kunida terma jamoamiz aʼzolari delegatsiyamiz hisobiga 2 ta oltin va 1 ta kumush medalь yozdirib qoʼydi.