Unda vakillarimiz 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Dunyoda tengsiz ekanliklarini isbotlagan yosh para pauerliftingchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, ota-onalar, ommaviy axborot vositalari xodilari va keng jamoatchilik katta tantana bilan kutib oldi.