Para pauerlifting: Jahon kubogining navbatdagi kunida 12 ta medal qoʻlga kiritildi

    Sport 12 May 2025 419

    Ayni kunlarda Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida para pauerlifting boʻyicha jahon kubogi boʻlib oʻtmoqda.

    Qayd etilishicha, musobaqaning ikkinchi kunida vakillarimiz 5 ta oltin, 3 ta kumush hamda 4 ta bronza, jami 12 ta medalga sazovor boʻldi.

    • — Sherali Axmedov — 2 ta oltin;
    • — Hojiakbar Oʻroqov — 2 ta oltin;
    • — Qudratoy Toshpoʻlatova — 1 ta oltin, 1 ta bronza;
    • — Nuriddin Davlatov — 2 ta kumush;
    • — Bahrom Qobilov — 1 ta kumush;
    • — Ilhom Halimov — 2 ta bronza;
    • — Orzigul Oralova — 1 ta bronza.

    Qayd etish lozimki, dunyoning 24 ta mamlakatidan kelgan eng sara polvonlar ishtirok etayotgan mazkur musobaqada hozircha delegatsiyamiz umumjamoa hisobida 2-oʻrinda bormoqda.