Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari oldidan tashkil etilgan ushbu musobaqada hamyurtlarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

Eʼtiborlisi, Fazliddin Umrzoqov qo‘l ostidagi para-pauerliftingchilarimiz jamoaviy bellashuvlarda 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Unda Ro‘za Qo‘ziyeva 107 kg, Farhod Umrzoqov 192 kg va Nuriddin Davlatov 201 kg toshni bo‘ysundirdi.

Musobaqaning yakkalik bellashuvlarida ayollar o‘rtasida Ro‘za Qo‘ziyeva -61 kg vazn toifasida hamda erkaklar o‘rtasida Farhod Umrzoqov -88 kg vazn toifasida oltin, Nuriddin Davlatov esa -107 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.