Erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasida Asad Toshtemirov oltin, -70 kg vazn toifasida Javohir Aliqulov kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning dastlabki kunida ayollar o‘rtasida -47 kg vazn toifasida Ziyoda Isoqova oltin, erkaklar o‘rtasida -58 kg vazn toifasida Lutfullo Qodirov bronza medaliga ega chiqqan edi.
Shu tariqa 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza, jami 4 ta medal qo‘lga kiritgan terma jamoamiz sayyoramizning 72 davlati ishtirok etgan dunyo birinchiligida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, tarixiy natijani qayd etishdi.
Yana bir e’tiborli jihati, terma jamoamiz murabbiyi Bobur Qo‘ziyev jahon chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb topildi va maxsus kubok bilan taqdirlandi.