Para taekvondochilarimiz Turkiyada 2 ta xalqaro musobaqada ishtirok etadi

    Para taekvondo bo‘yicha terma jamoamiz uchun ham 2023-yilgi xalqaro musobaqalar boshlanmoqda.

    2-8-fevral kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Prezident kubogi hamda Turkiya ochiq chempionati o‘tkaziladi. Bugun vakillarimiz ushbu nufuzli musobaqalarda ishtirok etish uchun jo‘nab ketishdi.

    "Har ikkala musobaqa ham Parij – 2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga reyting ochkolari taqdim etadi", deyiladi Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabarida.