Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkentda boʻlib oʻtadigan oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Paragvay oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida amaliy sheriklikni oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Paragvay yetakchisi, shuningdek, Xalqaro avtomobil federatsiyasi Bosh assambleyasida va federatsiya shafeligida oʻtkaziladigan musobaqalar gʻoliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etadi.








